Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chjan Yesuy 8-iyul kuni AQSh va Koreya Respublikasi elchilarini chaqirib, Janubiy Koreya hududida AQShning THAAD raketalardan himoya komplekslarining joylashtirilishi haqidagi kelishuv munosabati bilan e’tiroz bildirdi. Bu haqda, XXR TIV bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xitoy nuqtai nazariga ko‘ra, Janubiy Koreyada THAAD komplekslarining joylashtirilishi mintaqadagi strategik muvozanatni buzadi, shuningdek, XXRning strategik xavfsizlik manfaatlariga jiddiy zarba bo‘ladi.
“Bu tashabbus Shimoli-Sharqiy Osiyoda tinchlikni himoya qilishga yordam bermaydi”, — deb ta’kidlanadi bayonotda.
AQSh Janubiy Koreya bilan raketalarga qarshi himoya komplekslarni joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida 8-iyul, juma kuni Koreya Respublikasi mudofaa vazirligi ma’lum qildi. Tizim 2017-yildan ishlay boshlaydi.
Izoh (0)