Chexiya terma jamoasi darvozaboni Petr Chex Yevro—2016 dan keyin mamlakat bosh jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Londonning “Arsenal” klubi sharafini himoya qilayotgan Petr Chex Chexiya terma jamoasi safida 124 ta bellashuvda ishtirok etgan. Chexiyalik biror bir futbolchi o‘yinlar soni bo‘yicha Chex bilan raqobatlasha olmaydi.
“Men hamma ishni 100 foizga bajarishga odatlanganman. O‘ylashimcha, termadan ketish vaqti keldi. Bunga hali ertadek tuyulishi mumkin, biroq JCh—2018 saralashi ikki yil davom etadi”, — deb tushuntirish berdi Petr Chex.
“Yo‘lning yarmida terma jamoani tashlab ketsam noto‘g‘ri bo‘lardi. Shuning uchun hozir qaror qabul qilganim yaxshi. Men hayotimning ajoyib bir sahifasini yopmoqdaman”.
Petr Chex mamlakat bosh jamoasida 2002-yildan buyon o‘ynab keldi. U Chexiya termasi bilan eng yaxshi natijaga 2004-yilgi Yevropa Chempionatida erishgandi. O‘shanda chexiyaliklar turnirni bronza medali bilan yakunlagan.
Izoh (0)