Argentina prezidenti Mauriso Makri futbol bo‘yicha mamlakat terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi termaga qaytishiga ishonch bildirdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“Messi bilan telefon orqali muloqot qildim. Ishonchim komil, u qaytadi. Lionel dunyodagi eng zo‘r futbolchi”, – dedi Makri.Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi Chiliga qarshi (0:0, penaltilar bo‘yicha: 2:4) Amerika Kubogi–2016 finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng terma jamoadagi ishtirokini yakunlashini e’lon qilgandi.
Messini o‘z fikridan qaytarish uchun Buenos-Ayresda unga atalgan haykal o‘rnatildi. Shuningdek, ushbu shaharda yuzlab argentinaliklar Messining terma jamoaga qaytishini so‘rab aksiya uyushtirgan edi.
Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida 2005-yildan buyon to‘p surib kelayotgandi. 113 o‘yinda hujumchi 55 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lib, mamlakat termasining eng yaxshi to‘purariga aylangan.
Izoh (0)