O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning oltinchi yig‘ilishi 20-iyul kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Fransiya delegatsiyasiga tashqi savdo, turizmni rivojlantirish va chet eldagi Fransiya fuqarolari ishlari bo‘yicha davlat kotibi Mattias Fyokl boshchilik qiladi.
Kun tartibiga ko‘ra, majlisda o‘zaro savdo hamjini oshirish va strukturasini diversifikatsiya qilish, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlik istiqbollari, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
O‘sha kuni O‘zbekiston va Fransiya kompaniyalari ishtirokida biznes-forum, shuningdek, ikki davlat ishbilarmon doiralarining kooperatsion birja shaklidagi uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Izoh (0)