Exjr nikli Reddit foydalanuvchisi resursda Apple Watch soati onasining hayotini qutqarib qolgani haqida hikoya qilib berdi. Bu haqda “Hi-Tech.Mail.ru” xabar bermoqda.
Exjr’ning hikoya qilishicha, uning onasi AQShdagi mehmonxonalardan birida farrosh bo‘lib ishlaydi. Bir kuni yuvish vositasi tarkibidagi kimyoviy modda tufayli ayolda allergiya xuruji boshlangan, u xonani yig‘ishtirayotib o‘zini yomon his qilgan. Ayol yaqin oradagi dorixonaga yo‘l olgan, ammo smartfon va hamyonni qoldirib ketganligi bilan bir paytda dori nomini ham unutib qo‘ygan.
Odatda dorilarni o‘g‘li sotib olgani bois u preparat nomini eslay olmagan. Vaqtdan unumli foydalanilmasa, ayolning ahvoli yomonlashishi va bu pirovardida uning o‘limiga olib kelishi mumkin edi.
O‘sha paytda foydalanuvchi onasiga xabar yo‘llagan. Xabar ayolning qo‘lidagi Apple Watch’ga kelib tushgan — soat o‘ziga bog‘langan iPhone xotirasi bo‘yicha mehmonxona yoki dorixonaning Wi-Fi tarmog‘iga mustaqil ravishda ulangan.
Ayol soat orqali audio SMS-xabar yo‘llagan. Yigit onasiga qo‘ng‘iroq qilib, provizor bilan gaplashgan va dorini topishga yordam bergan, so‘ng onasining iCloud-profiliga kirib, to‘lovni amalga oshirgan.
O‘z hikoyasi so‘ngida Exjr onasiga Apple Watch olib berganidan xursandligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)