Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi (FIFA) Isroil va Falastinning futbol rivojlanishiga harakat qilayoganini ko‘rmoqda. Bu haqda FIFAning Isroil va Falastin bo‘yicha qo‘mitasi raisi hamda tashkilot prezidentligiga sobiq nomzod Tokio Sexvale ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
1-iyul, juma kuni Janubiy afrikalik mutasaddi boshchiligidagi FIFA delegatsiyasi G‘azoga tashrif buyurib, Isroil va Falastin futbol federatsiyalari vakillari bilan uchrashdi.
“Siyosat va mojarolar sport masalalariga aloqador emas va biz FIFAning asosiy maqsadi – barchaga futbolni taqdim qilishga xalal bermasligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Shu sababli, tegishli mamlakat organlari bilan uchrashib, ushbu masala yuzasidan muhokama o‘tkazish juda muhim edi. Har ikki tomonning rivojlanishga harakat qilayotganini his qilish men uchun yoqimli bo‘ldi. Albatta, bu tezkor jarayon emas, lekin biz masalaning yechimini topishimizga ishonaman”, – deb Sexvale so‘zlaridan iqtibos keltiradi FIFA matbuot xizmati.
Tokio Sexvalening aytishicha, FIFA prezidenti Janni Infantino mintaqaga shaxsan tashrif buyuradi.
FIFAning Isroil va Falastin bo‘yicha qo‘mitasi tashkilotning 2015-yil, may oyida bo‘lib o‘tgan kongressida tashkil etilgandi. Ushbu qo‘mita mintaqada futbol rivojlanish yo‘llarini topishi kerak. Isroil va Falastin futbol federatsiyalari rahbarlari qo‘mita tarkibiga kiritilgan.
Izoh (0)