31-may kuni yakuniga yetgan moliyaviy yilda sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasining sof foydasi 15 foizga oshib, 3,76 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Har bir aksiyadan ko‘riladigan daromad 2,16 dollarga yetgan, bir yil avval bu ko‘rsatkich 1,85 dollarni tashkil etgandi. Kompaniyaning yillik tushumi 6 foizga oshib, 32,376 milliard dollardan iborat bo‘lgan.
“Bizdagi o‘sish innovatsiyalar bilan qo‘llab-quvvatlanadi, shu sabab 2016-yil Nike uchun qo‘l urilgan har bir ishda omadli keldi”, — deya ta’kidlagan kompaniya prezidenti va bosh direktori Mark Parker.
Izoh (0)