2015-yil davomida Hindistonda jonivorlar va o‘simliklarning 445 yangi turi aniqlandi. Bu haqda atrof muhitni himoya qilish, o‘rmon xo‘jaligi va iqlim vaziri Prakash Javadekar bayonot berdi, deb yozmoqda “TASS”.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi mintaqaga Sharqiy Himalay aylandi — barcha kashfiyotlarning 19 foizi o‘sha yerga to‘g‘ri keldi. Undan keyingi o‘rinlarda G‘arbiy Gata (18 foiz), Andaman va Nikobar orollari (15 foiz) turibdi.
Hindiston botanika xizmati xodimlarining ta’kidlashicha, yangi turlar barcha mintaqalardan topildi. Hindiston zoologiya jamiyatining bildirishicha esa, umurtqali jonivorlar yangi turlarning 15 foizini tashkil etdi.
2015-yil hisobotidan 262 yangi turdagi jonivor va 183 yangi turdagi o‘simlik o‘rin oldi. Eng diqqatga sazovor topilmalar — to‘rt turdagi sudlaruvchi, olti turdagi amfibiya, 26 turdagi baliq, uch turdagi yovvoyi zanjabil va anjirning uch yaqin qarindoshi.
Izoh (0)