Xitoy Tayvanning mustaqillikni qo‘lga kiritishiga qaratilgan hech qanday harakatni qabul qilmaydi va ayirmachi kuchlarga qarshi turadi. Bu haqda 30-iyun, payshanba kuni XXR raisi Si Szinpin ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” .
“Tayvan bo‘g‘ozining ikki sohili munosabatlarining tinch rivojlanishi bu birlashishning yagona va to‘g‘ri yo‘lidir. ‘1992-yilgi Konsensus’ga amal qilish va separatizmga qarshi kurashish siyosiy asosimizdir”, — deya ma’lum qildi Si Szinpin Xitoy Kommunistik partiyasining 95 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda.
Izoh (0)