2016-yilning 1-iyulida Gruziya va Moldovaning Yevropa Ittifoqiga uyushishi borasidagi kelishuv kuchga kirdi. Ukrainadan farqli ravishda, Gruziya va Moldova may oyining oxiridayoq Yevroittifoqning barcha 28 mamlakati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi, deb xabar beradi “RBK”.
Uyushgan a’zolar umumiy erkin savdo muhitiga bosqichma-bosqich qo‘shilib boradi.
Deutsche Welle radiosiga ko‘ra, kuchga kirgan kelishuvlarning ustunlik tarafi o‘zaro savdo to‘siqlarining bekor qilinishidir. Dastavval bu mamlakatlarning Yevropaga eksporti bojga tortilishi to‘xtatiladi, so‘ng Yevropaning ushbu davlatlarga importi bojdan ozod qilinadi. Bu chora o‘tish davrida Gruziya va Moldovaning nisbatan kichik hajmli bozorlarini va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida ko‘rilgan.
Izoh (0)