Braziliyaning Londrina shahri (Parana shtati) federal sudi WhatsApp mobil dasturiga ega bo‘lgan Facebook kompaniyasi hisoblaridagi 19,5 million realni (6,1 million dollar) bloklab qo‘yish haqida qaror chiqardi. Bu haqda, Globo telekanali 30-iyun, payshanba kuni ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Ushbu qarorning chiqarilishiga messenjer vakillarining Markaziy Amerika mamlakati huquqni muhofaza qiluvchi organlariga ba’zi foydalanuvchilarning yozishmalarini qo‘lga kiritish imkonini bermaganligi sabab bo‘ldi.
May oyi boshida Braziliya mobil aloqa operatorlari 72 soat davomida butun mamlakat hududida WhatsApp’ni bloklash haqidagi talabdan iborat ko‘rsatma olgan edi. Sankti-Spiritus shtati sudyasi Marsela Montalvauning qarori messenjer egalarining giyohvand moddalar kontrabandasi bo‘yicha jinoyat ishini surishtirishda hukumat bilan hamkorlik qilishdan bosh tortganligi bilan bog‘liq. Huquq-tartibot organlari mobil dasturdan foydalangan gumonlanuvchilarning muzokaralari haqidagi ma’lumotni qo‘lga kiritishga urindi. Biroq kompaniya foydalanuvchilarning yozishmalarini o‘zi ham qo‘lga kirita olmasligini ma’lum qilgan.
WhatsApp’ning apellyatsiyasidan keyin messenjerdan foydalanish o‘rnatilgan 72 soat tugamasdan qayta tiklangandi.
Izoh (0)