Kamerun shimolida xudkush tomonidan amalga oshirilgan portlash oqibatida kamida o‘n kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, AFP agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat xavfsizlik kuchlaridagi manbalarning ma’lum qilishicha, terakt “Boko Haram” ekstremistik guruhi tomonidan sodir etilgan.
Hodisa 29-iyundan 30-iyun, payshanbaga o‘tar kechasi yuz bergan.
“Boko Haram” Nigeriya shimoli va shimoli-sharqida harakat qilib, uning jangarilari qo‘shni mamlakatlar — Niger, Kamerun va Chad hududlarida ham hujumlar uyushtiradi.
Izoh (0)