Argentinaning Buenos-Ayres provinsiyasida yo‘lovchi va yuk poyezdlarining to‘qnashuvi oqibatida kamida 40 kishi jabrlandi. Bu haqda, Todo Noticias telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea Roson aholi yashash punktining temir yo‘l stansiyasida sodir bo‘ldi. Jarohatlanganlar yaqin oradagi shifoxonalarga yetkazildi. Ikki kishi og‘ir yaralangani aytilmoqda.
Voqea sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)