Xitoy internet-axborot ishlari bo‘yicha davlat devonxonasi mobil dasturlar ustidan nazoratni kuchaytiradi. Bu haqda, “Xuansyu Shibao” gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
28-iyun, seshanba kuni e’lon qilingan qarorga muvofiq, ishlab chiqaruvchilar dasturlar foydalanuvchilarini haqiqiy ismi bilan ro‘yxatdan o‘tkazishga hamda ularning dasturlari yordamida joylashtiriladigan axborotlar monitoringini yuritishga majbur bo‘ladi. Shaxslarning Xitoy qonunchiligini buzuvchi qaydlari majburiy tarzda yopiladi.
Ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, foydalanuvchilar faolligi haqidagi axborotni kamida 60 kun davomida saqlashi kerak bo‘ladi.
Yangi qoidalar joriy yilning 1-avgust kunidan ishga tushadi. Qarorda ta’kidlanishicha, ular mobil internetning xitoylik foydalanuvchilarini terrorizm, firibgarlik, pornografiya, mish-mishlar tarqatish va axborot o‘g‘irlash tahdididan himoya qilishga yordam beradi.
Izoh (0)