Kris Martin ismli erkak o‘z qizi tushgan selfi suratiga parodiya yaratib, internetda chinakam yulduzga aylandi. Surat bir necha kun ichida o‘n minglab “layk” to‘pladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Krisning qizi — Kassi Martin otasining hazilomuz selfisini Facebook’dagi sahifasiga joylashtirdi. Suratda qizining yuz ifodasini va kiyinishini masxara qilayotgan erkakni ko‘rish mumkin.
Kris ushbu suratni o‘ziga xos tarzda qiziga ta’sir o‘tkazib, uni ochiq-sochiq liboslari uchun uyaltirmoqchi bo‘lganligi bilan tushuntirdi.
Izoh (0)