KXDR AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreyaning Gavayi orollaridagi raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha birinchi uch tomonlama o‘quv mashg‘ulotlarini qo‘pol provokatsiya deb atadi. Bu haqda KXDR TIV vakilining bayonotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
U Tinch okeanida “Shimoldan raketa-yadroviy tahdid” vaji bilan o‘tkazilayotgan ushbu mashg‘ulotlar KXDRga qarshi qaratilgan, hududdagi tinchlik va xavfsizlikni buzishga qaratilgan yana bir harbiy provokatsiya ekanligini ta’kidladi.
“Vashington, Tokio va Seul bu kabi provokatsiyaviy uch tomonlama harbiy mashg‘ulotlarni tarixda birinchi marta o‘tkazishni boshladi”, — dedi siyosatshunos.
Gavayi orollarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha 19-aprel kuni kelishuvga erishilgan edi.
Izoh (0)