Irlandiyaning BioEnergy kompaniyasi Irlandiya va Kork yaqinida tovuq axlatidan asosiy xomashyo sifatida foydalanib, biogaz ishlab chiqaruvchi ikkita yirik elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha rejalarini e’lon qildi, deb yozadi “TASS”.
Har bir stansiyaning quvvati 3 MVt bo‘lishi kutilmoqda, bu yiliga 4 mingta uyni isitish uchun yetarli bo‘ladi. Biznesmenlar loyihani amalga oshirishga yil oxirigacha kirishmoqchi, undan avval mahalliy hukumatlar bilan barcha tafsilotlarni kelishib olishi kerak.
Loyihaga kiritiladigan investitsiyalar hajmi 50 million yevroga baholanmoqda.
Izoh (0)