Moskva fizika-texnika instituti, Rossiya Fanlar akademiyasining Organik kimyo instituti va boshqa muassasalar olimlari saratonga qarshi faollikka ega moddalarni kashnich va shivit urug‘laridan ajratilgan birikmalardan sintezlash usulini topdi, deya xabar bermoqda “TASS” tadqiqot natijalariga tayanib.
Hujayralarning bo‘linishi jarayonini buzadigan moddalar — antimitotiklar, boshqalariga qaraganda tezroq bo‘linadigan saraton hujayralariga kuchliroq ta’sir qiladi. Kashnich va shivitda aniqlangan antimitotiklar shishga qanchalik kuchli ta’sir ko‘rsatishini olimlar dengiz tipratikanlari embrionlarida va inson saraton hujayralarida tekshirib ko‘rdi.
Sintezlangan moddalar odamdagi saraton hujayralari va model jonivorlarda samaradorlik ko‘rsatdi, endi mualliflar ularni laboratoriya sichqonlariga kiritilgan, odamdagi shish ustida sinab ko‘rmoqchi.
Izoh (0)