Amerika hukumati Liviyaning Bengazi shahrida joylashgan Markaziy razvedka boshqarmasi bazasiga hujum uyushtirilishi munosabati bilan turli boshqarmalarning tizimlari va turli darajada tegishli choralarni ko‘rmagan. Baza AQSh diplomatik missiyasi maqomiga ega bo‘lgan. Bu haqda AQSh Kongressining vakillar palatasi maxsus qo‘mitasi tomonidan Bengazidagi favqulodda holat vaziyatlari bo‘yicha yakuniy hisobot xulosasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“2012-yilning 11-sentabrida Amerikaning Bengazidagi obyektiga radikallarning hujumi boshlangandan sakkiz soat o‘tib ham AQShning biror bir kuch g‘ildiragi (mexanizmda) yoki vositasi Liviya tomonga burilmadi”, — deya ma’lum qildi mazkur hujjatni ishlab chiqqan qo‘mita raisi Trey Gaudi.
Amerika ma’muriyati keskin tanqid qilinganligiga qaramasdan, hisobot o‘sha vaqtda AQSh davlat kotibi bo‘lgan Hillari Klintonga nisbatan hech qanday ayblov e’lon qilmaydi.
MRBning Bengazidagi bazasiga hujum uyushtirilganlik vaziyatlari bo‘yicha yangi surishtiruvni Kongressda 2014-yilda respublikachilar tashkil qilgan edi. Ularning fikricha, Oq uyni boshqaruvchi demokratlar ushbu ish bo‘yicha ma’lumotlarni yashirish bilan shug‘ullangan.
Izoh (0)