Bugun, 29-iyun kuni AQSh yoqilg‘i zaxirasi kamayishi haqidagi rasmiy xabar chiqishi oldidan hamda Norvegiyada neftchilarning ish tashlashi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar tufayli neft narxi oshib bormoqda, deb xabar beradi “Interfaks”.
American Petroleum Institute’ning 28-iyun, seshanba kuni chop etgan ma’lumotlariga ko‘ra, bir hafta davomida yoqilg‘i zaxirasining 3,86 million barrelga pasayishini ko‘rsatdi.
Londonning ICE Futures birjasida Brent neftining avgust fyuchersi 0,6 foizga oshib, barreliga 48,85 dollarga yetdi. Nyu-Yorkning NYMEX birjasida WTI neftining avgust fyuchersi 0,7 foizga oshdi va barreliga 48,20 dollarni tashkil etdi.
Izoh (0)