Rossiya hukumati bolalarning dam olishlarini sifatli tashkil etish maqsadida yozgi sog‘lomlashtirish kampaniyasini joriy etishni rejalashtirmoqda. 2015-yilning yozida tashkiliy ishlarsiz dam olish oqibatida 1674 bola halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“RFda 8,5 million bola yozgi sog‘lomlashtirish kampaniyasi bilan qamrab olinadi, — dedi bosh vazir o‘rinbosari Olga Golodets. — Bolalarning dam olishi maxsus tashkil etilmasa, bu ko‘plab xavf-xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin, ayniqsa yoz mavsumida”.
U Kareliyada sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng 20 mingga yaqin bolalar sog‘lomlashtirish muassasalari tekshirilgani, buning natijasida yettita noqonuniy lager aniqlangani, uchta lagerning yopilishi tavsiya etilganini aytib o‘tdi.
Izoh (0)