Germaniyaning Volkswagen avtokonserni AQSh ekologik normalarini buzganligi uchun 14,7 milliard dollar to‘lashga majbur bo‘ladi. AP agentligining 27-iyun, dushanba kuni ma’lum qilishicha, ushbu kelishuv kompaniya vakillari va AQSh hukumati o‘rtasida imzolangan, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ishlab chiqaruvchi, jumladan, 10 milliard dollarni AQShda sotilgan 475 mingga yaqin avtomobilni haq evaziga qaytarib olish yoki tuzatish uchun sarflaydi. Bundan tashqari, Volkswagen ushbu mashinalarni AQShda xarid qilgan har bir kishiga 10 ming dollargacha to‘laydi.
Volkswagen va AQSh hukumati o‘rtasidagi kelishuv San-Fransisko (Kaliforniya shtati) sudi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. AP agentligining ma’lum qilinishicha, erishilgan kelishuv haqida yaqin kunlarda rasman e’lon qilinadi.
Izoh (0)