Yaponiyaning Nissan kompaniyasi harakatni nazorat qilish elektron tizimidagi nosozliklar xavfi tufayli butun dunyo bo‘ylab 60 ming avtomobilni qaytarib olmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Qaytarib olish 2014—2015-yillarda chiqarilgan Infiniti Q50 va shu markadagi gibrid dvigatelli yo‘ltanlamaslarga tegishli. Oldinroq kompaniyaning AQShdagi vakolatxonasi shu sababga ko‘ra mazkur modeldagi 28 mingdan ortiq avtomobilni “har ehtimolga qarshi” qaytarib olgandi.
Infiniti Q50 harakatni nazorat qilish elektron tizimidagi nosozlikdan birinchi shikoyat haqida o‘tgan yil oktabrida ma’lum bo‘lgan, shu yil iyunida yana ikki bor shikoyat takrorlangan. Nissan mashinalarni qaytarib olgach, ularning bort kompyuterlarini qayta dasturlash niyatida. Ushbu jarayon 9-avgustdan boshlanadi.
Izoh (0)