O‘zbekistonda 29-iyun, chorshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati avvalgi kunlarga nisbatan ko‘tariladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
29-iyunga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +12...+17 daraja, Toshkent shahrida +20...+22 daraja, qolgan barcha hududlarda +20...+25 daraja iliq bo‘ladi.
29-iyun kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +22...+27 daraja, Toshkent shahrida +37...+39 daraja, qolgan barcha hududlarda +35...+40 darajagacha issiq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)