Toshkent hayvonot bog‘idagi sherlar sakkiztaga ko‘paydi, deya xabar bermoqda muassasa matbuot xizmati.
Kaliningrad hayvonot bog‘idan keltirilgan Aleks uch arslonchaning otasiga aylandi, Novosibirskdan kelgan mehmon — arslon Xelga uch bolali bo‘ldi, Toshkent hayvonot bog‘i “fuqarosi” Kyara esa ikkita bola tug‘di.
Tez orada Kanada bo‘risi (Xabarovskdan olib kelingan) o‘zining to‘rt bolasi bilan, shuningdek, mahalliy hayvonot olami vakili bo‘lgan shaqollar ham nasllari bilan inlaridan chiqadi.
Bundan tashqari, bug‘ular va turnalar oilalarida ikkitadan bola tug‘ildi.
Izoh (0)