Belgiyaning sakkizta F-16 qiruvchisi AQShning Suriya va Iroq hududidagi IShID guruhiga qarshi havo kampaniyasida ishtirok etish maqsadida Iordaniyaga uchib ketdi. Bu haqda, qirollik mudofaa vazirligi bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Belgiya harbiy-havo kuchlari mandati birinchi marta Suriyadagi havo operatsiyalarida ishtirok etish imkoniyatini ko‘zda tutadi”, — ma’lum qildi vazirlik.
Harbiy operatsiyalarda olti samolyot ishtirok etadi, ikkitasi zaxirada qoladi.
Belgiya harbiy-havo kuchlari 2014-yil oktabridan 2015-yil iyuniga qadar Iroqdagi operatsiyalarda ishtirok etgan, ammo budjet mablag‘lari yetishmovchiligi tufayli kampaniya to‘xtatilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.