Yevropa Chempionatining “F” guruhini peshqadam sifatida yakunlagan Vengriya terma jamoasi nimchorak finalda Belgiyadan 0:4 hisobida yengildi. Bu Yevro—2016 da qayd etilgan hozircha eng yirik hisob bo‘lib turibdi.
10-daqiqada Tobi Alderveyreld Belgiya termasini hisobda oldinga olib chiqdi. Bu hisobni vengerlar 78-daqiqaga qadar ushlab turdi.
78-daqiqada Mishi Bachuayi, 80-daqiqada Eden Azar, 91-daqiqada Yannik Karrasko bittadan gol urib, Belgiyaning yirik g‘alabasini ta’minladi.
Yevropa Chempionatida hozirga qadar hech bir terma jamoa ikkita yirik g‘alabaga erishmagandi. Belgiya esa guruh bosqichining 3-turida Irlandiyani 3:0 hisobida mag‘lub etgan.
Belgiya musobaqaning chorak finalida Uels termasiga qarshi kurash olib boradi. Uchrashuv iyulning birinchi kuni 23:59 da start oladi.
[wpse_match id="368875" show_title=1]
Izoh (0)