Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Correio da Manhã gazetasi muxbiri bilan uchrashganida asablarini jilovlay olmadi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Terma jamoa futbolchilari sayr qilib yurganida, gazeta muxbiri Ronalduning oldiga kelib, “Vengriyaga qarshi o‘yinga tayyormisiz?” deb savol berdi. Ronaldu esa uning qo‘lidan mikrofonni tortib olib, ko‘lga uloqtirib yubordi.
Shunisi ham borki, mazkur gazetada Ronalduning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlar chop etilib turishi sababli futbolchi Correio da Manhã muxbirlari savollariga hech qachon javob bermaslikka qaror qilgan.
Izoh (0)