Livanning Ibl-es-Saki tumanidagi BMT Vaqtinchalik kuchlarining lagerida 26-iyun, yakshanba kuni ispaniyalik tinchlikparvarning jasadi topildi. Bu haqda, Al-Wataniya milliy axborot agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
O‘q jarohati oqibatida halok bo‘lgan tinchlikparvarni “moviy kaskalar”ning ispan kontingenti harbiy xizmatchilari topgan.
BMTning Livandagi Vaqtinchalik kuchlari va Livan maxsus xizmatlari hodisa yuzasidan birgalikda surishtiruv olib bormoqda.
Hozircha rasman tasdiqlanmagan versiyaga ko‘ra, ispaniyalik harbiy terrorchilar tomonidan otib o‘ldirilmagan, balki o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin. Uning o‘z joniga qasd qilishi sabablari noma’lum.
Livan janubida 40 ta mamlakatdan o‘n mingga yaqin BMT harbiy xizmatchisi joylashtirilgan.
Izoh (0)