Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton AQShlik saylovchilar orasida ommaboplik bo‘yicha o‘zining asosiy raqibi — respublikachi Donald Trampdan 12 foizga o‘zib ketdi. Bu haqda The Washington Post gazetasi va ABC telekompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalariga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: EPA

Foto: EPA

Hillari Klintonni aholining 51 foizi, Trampni esa bor-yo‘g‘i 39 foizi qo‘llab-quvvatlaydi. Ammo may oyidagina ular orasidagi farq Tramp foydasiga atigi ikki foizni tashkil etgan edi — 46% va 44%. O‘tgan yilning kuzida bu farq Klinton foydasiga 3 foizga teng bo‘lgan edi.

Maqolada aytilishicha, Donald Trampni qo‘llab-quvvatlash darajasi tushib ketishiga u bir-biriga zid gaplari bilan o‘z partiyadoshlari va ko‘pchilik saylovchilar bilan aloqalariga putur yetkazgani sabab bo‘ldi.

“Amerikaliklarning taxminan uchdan ikki qismi Tramp mamlakat rahbarligiga mos kelmasligini aytib, ayollar, kamchiliklar va musulmonlarga nisbatan tanqidlari uning adolatsiz va noxolis munosabatini ko‘rsatishini ta’kidladi”, — deya aniqlik kiritdi nashr.

Shuningdek, amerikaliklarning yarmidan sal ko‘prog‘i Klinton davlat kotibi lavozimida uy kompyuteridan xizmat yozishmalarini olib borganini ma’qullamaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi