28-iyundan AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya KXDR tomonidan ballistik raketalar uchirilishiga javob tarzida qo‘shma mashg‘ulotlarni boshlaydi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Seshanba kuni Gavayi orollari yaqinida boshlanadigan aksilraketa mashg‘ulotlarida KXDR tomonidan gipotetik raketa tahdidini qaytarish bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilinadi”, — deyiladi Janubiy Koreya mudofaa vazirligi tarqatgan bayonotda.
Mashg‘ulotlarda “Ijis” tizimi bilan jihozlangan kemalar ishtirok etadi. Tomonlar raketa uchirilishini kuzatish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni o‘zaro almashadi. Bunda aksilraketalar uchirilmaydi, deb ta’kidlanmoqda xabarnomada.
Izoh (0)