Osiyolik millionerlar ayni paytda Shimoliy Amerika, Yevropa va dunyoning boshqa har qanday mintaqasidan ko‘ra ko‘proq davlatga egalik qiladi, deb yozadi “Interfaks” Capgemini moliyaviy firmasining World Wealth Report ma’ruzasiga tayanib.
Yaponiya va xitoylik biznesmenlar sharofati bilan, osiyolik millionerlar 2015-yilda o‘z boyligini 10 foizga oshirdi. Ularga jami 17,4 trillion dollar tegishli, shimoliy amerikalik tadbirkorlarda esa bu ko‘rsatkich 16,6 trillion dollarni tashkil etadi.
Butun dunyo bo‘yicha o‘tgan yili millionerlar ixtiyorida 60 trillion dollar bo‘lgan, bu 30 yil avvalgidan to‘rt marta ko‘proq demakdir.
Capgemini prognoziga ko‘ra, 2025-yilga kelib, ushbu raqam 100 trillion dollargacha o‘sishi mumkin.
Izoh (0)