Liviyaning Sirt shahrida IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Libya Observer ma’lumotlariga ko‘ra, liviyalik Abdulhodiy Zargun 22-iyun, chorshanba kuni milliy kelishuv hukumatiga bo‘ysunuvchi harbiy-havo kuchlari zarbasi natijasida o‘ldirilgan. Ekstremistning radioeshittirish studiyasiga aylantirilgan uyi bombardimon qilingan. U bilan birga yana to‘rt nafar chet ellik jangari o‘ldirilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)