Motor1 interner-nashri Porsche Panamera xetchbeki yangi avlodining ilk rasmiy suratlarini e’lon qildi. Bu haqda Motor xabar bermoqda. Mazkur model 28-iyun, seshanba kuni rasman e’lon qilinadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu avtomobilning Panamera Turbo versiyasi 550 ot kuchiga, Turbo S modifikatsiyasi esa 600 ot kuchiga teng bo‘ladi.
Avvalroq germaniyalik ishlab chiqaruvchilar yangi avtomobil dunyodagi eng tezkor lyuks sedanlaridan biriga aylanishini ma’lum qilgandi.
Yangi Panamera avlodi Volkswagen konsernining MSB platformasida yaratiladi. Avtomobil konstruksiyasida po‘lat, alyuminiy va kompozit materiallar ishlatiladi va u avvalgi avlodiga nisbatan 90 kilogramm yengil bo‘ladi.
Porsche Panamera raqamli panelga ega bo‘lib, uning o‘rtadagi taxometri analogli bo‘ladi. Shuningdek, avtomobilda 12 dyuymga teng sensorli multimedia displeyi o‘rnatiladi.
Mazkur avtomobillar Parijdagi avtosalonlardan birida oktabr oyida keng ommaga taqdim etiladi. Porsche Panamera 2016-yilning so‘nggiga qadar sotuvga chiqadi.
Izoh (0)