Xitoy sharqidagi Yanchen shahrida avj olgan quyun 78 kishini hayotdan olib ketdi. Yana 500 ga yaqin odam jarohat oldi, deb xabar beradi “TASS”.
Aytilishicha, jabrlanganlarning 200 nafari o‘ta og‘ir jarohatlar olgan va gospitalizatsiya qilingan. Hozircha qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlanmagani bois qurbonlar soni yana oshishi mumkinligi aytilmoqda.
Szyansu provinsiyasining bir qator tumanlarini qamrab olgan tabiiy ofat oxirgi yarim asr davomida kuzatilgan eng qudratli quyun bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh (0)