Bir nafar politsiya xodimi va bir bola Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar viloyatida sodir etilgan terakt qurboni bo‘ldi. Bu haqda, “Sinxua” agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea Behsud tumanida sodir bo‘ldi. Jangarilar tarafidan yo‘lga o‘rnatilgan bomba mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da harakatga keltirildi.
“Buning oqibatida norasida bola va politsiyachi qurbon bo‘ldi”, — dedi mahalliy ma’muriyat vakili Ataulla Xogiani.
Mintaqada faoliyat yuritayotgan biror terrorchi guruh ushbu qo‘poruvchilik harakati uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)