O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 21-iyundan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2938 so‘m 71 tiyin etib belgilandi. Bu 14-iyundagi kursga nisbatan 4 so‘m 72 tiyinga ko‘p.
21-iyundan e’tiboran 1 yevro qiymati 3324 so‘m 98 tiyin (14-iyundagi kursga nisbatan 3 so‘m 46 tiyin arzon), 1 Xitoy yuani 446 so‘m 73 tiyin (14-iyundagi kursga nisbatan 1 so‘m 5 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 44 so‘m 91 tiyin (14-iyundagi kursga nisbatan 43 tiyin arzon) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)