Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton va sobiq prezident Bill Klintonning qizi Chelsi o‘g‘il farzand ko‘rdi. Unga Eydan deb ism qo‘yildi. Bu haqda Chelsi Klinton Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Chelsi Klinton. Foto: AP Photo

Chelsi Klinton. Foto: AP Photo

“Biz Mark bilan (turmush o‘rtog‘i Mark Mezvinski) minnatdorlik va muhabbat tuyg‘usini his etmoqdamiz, o‘g‘limiz Eydan Klinton Mezvinskining dunyoga kelganligini nishonlamoqdamiz”, — deyiladi xabarda.

Chelsi o‘tgan yilning 21-dekabrida farzand kutayotganini ma’lum qilgan edi. Hillari va Bill Klintonning yagona farzandi bo‘lgan Chelsi 2014-yilning sentabrida qiz farzandli bo‘lgan, unga Sharlotta deb ism qo‘yilgan edi.

Chelsi Klintonning ota-onasi ikkinchi marta buva va buvi bo‘lganidan baxtiyor ekanligini ma’lum qilib qo‘shma bayonotini chop etdi.

“Chelsi va Eydan o‘zini yaxshi his qilmoqda”, — deyiladi bayonotda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)