Iroq harbiy xizmatchilari 18-iyun, shanba kuni Al-Falluja shahridagi bosh kasalxonani IShID guruhi terrorchilaridan ozod qilish bo‘yicha operatsiyani yakunladi, deb yozadi “Interfaks”.
Bino tomi uzra Iroq bayrog‘i ko‘tarildi. Ayni paytda harbiylar shahar shimolidagi qator tumanlarni jangarilardan ozod qilishga kirishdi.
Dastlab Iroq qo‘mondonligi terrorchilar kasalxonadagi bemorlarni tirik qalqon sifatida qo‘llashi mumkinligidan ogohlantirgan edi, biroq ushbu hadik amalda tasdiqlanmagan ko‘rinadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)