Yevropa Chempionatining “D” guruhida 2-tur bellashuvlari gollarga boy bo‘ldi. Xorvatiya va Chexiya termalarining o‘zaro to‘qnashuvida umumiy hisobda 4 ta gol kiritilgan bo‘lsa, Ispaniya va Turkiya o‘yinida 1 ta jamoa birinchi bor 2 tadan ko‘proq gol urishga erishdi.
Turkiyaga qarshi bahsning 34-daqiqasida Alvaro Morata Nolitoning pasini golga aylantirib, Ispaniyani hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib Nolito Vulqon Babajan qo‘riqlayotgan darvozani ikkinchi bor ishg‘ol qildi.
Ikkinchi bo‘limga kelib Visente Del Bokse shogirdlari yana bir bor muvaffaqiyat qozondi. 48-daqiqada Alvaro Morata dubl qayd etib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Ma’lumot uchun, Yevro—2016 startidan buyon fransiyalik Dimitri Payet, ruminiyalik Bogdan Stanku hamda uelslik Garet Beyl 2 ta gol urishga erishdi. Biroq Alvaro Morataga qadar hech bir futbolchi bitta o‘yinda dublga erishmagandi.
2-turdan keyin Ispaniya terma jamoasi 6 ochko jamg‘arib, muddatidan oldin pley-off masalasini hal qildi. Xorvatiya hisobida 4, Chexiyada 1 ochko bor. Turkiya esa Ukraina kabi umumiy hisobda 4 ta gol o‘tkazdi va bitta ham gol urmadi. Ochko ham to‘play olmadi.
“D” guruhida 3-tur bellashuvlari 21-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Ispaniya va Xorvatiya guruh g‘olibi nomini aniqlash uchun o‘zaro maydonga tushsa, Chexiya Turkiyani sinovdan o‘tkazadi.
[wpse_match id="351445" show_title=1]
Izoh (0)