AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi Amerika hukumati Yevropa Ittifoqining Qrimga qarshi sanksiyalarni uzaytirish qarorini ma’qullashini ma’lum qildi. Bu haqda, departament saytida qoldirilgan xabarga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Biz Yevropa Ittifoqining Qrimga nisbatan sanksiyalarni uzaytirish qarorini ma’qullaymiz”, — dedi u.
Kirbining aniqlik kiritishicha, AQShning sanksiyalari ham o‘z kuchida qoladi.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi Qrimga nisbatan sanksiyalarni 2017-yilning 23-iyuniga qadar uzaytirganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)