2-iyundan e’tiboran Samarqand shahri hududida qatnaydigan yo‘lovchi tashish transportida bir marta yurish haqi 700 so‘mdan 900 so‘mga oshiriladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Tegishli qaror loyihasi Samarqand viloyat hokimiyati saytida chop etildi. Unda aytilishicha, tariflarning o‘zgartirilishi yoqilg‘i-energetika resurslari narxining oshishi bilan bog‘liqdir.
Amaldagi yo‘lkira haqi 2014-yilning iyunida joriy etilgan edi.
Izoh (0)