Vashington Xalqaro xavfsizlik tadqiqotlar instituti ekspertlari Shimoliy Koreyada yadro quroli uchun mo‘ljallangan plutoniy va yuqori to‘yingan uran mavjudligi bo‘yicha baholashni qayta ko‘rib chiqdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Agar 2014-yilning oxirida mazkur institut ekspertlari KXDRning yadro zaxiralari 10—16 ta yadro zaryadini tayyorlash uchun yetarli deb taxmin qilgan bo‘lsa, hozirda ularning miqdori 14—22 tagacha deb baholanmoqda.
Hisob-kitoblar 6-yanvar kuni sinovdan o‘tkazilgan bombaning o‘lchamlari, shuningdek, besh megavattli yadroviy reaktor joylashgan Yonbendagi obyekt ma’lumotlariga asoslangan. Ular Shimoliy Koreya tomonidan qurol-aslahaga oid uran ishlab chiqarish uchun barpo etilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan ikkinchi zavodning ehtimoliy faoliyatini inobatga olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR hukumati yadro zaryadini yaratish uchun plutoniy ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘yganligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)