AQSh Kongressi senati 14-iyun, seshanba kuni mudofaa vazirligining 2017-moliyaviy yil uchun jami 602 milliard dollardan iborat budjeti loyihasini qabul qildi. Mazkur qarorni 85 senator ma’qulladi, 13 senator esa qarshi chiqdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Yuqori palata qarorini vakillar palatasi tomonidan oldinroq qabul qilingan loyiha bilan muvofiqlashtirishga to‘g‘ri keladi. Hujjat shundan keyingina AQSh prezidenti tomonidan imzolanishi mumkin. O‘tgan yili bu jarayon bir yildan ortiq vaqt olgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Obama ma’muriyati 2017-moliyaviy yilda harbiy maqsadlar uchun 582,7 milliard dollar ajratish niyatida ekanligi bildirilgandi.
Izoh (0)