UEFA sobiq FIFA prezidenti Yozef Blatterning Yevropa turnirlariga qur’a tashlash marosimlarining soxtalashtirilishi haqidagi so‘zlarini bema’nilik deb baholadi. Bu haqda, The Daily Telegraph nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq Blatter Argentinaning La Nacion portaliga bergan intervyusida Yevropada o‘tkazilgan musobaqalardan birida qur’a tashlash nohalol o‘tkazilganiga guvoh bo‘lganini tan olgan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, sharlarning bir qismi maxsus qizdirilgan, bir qismi esa sovutilgan edi.
“Bu bayonotlar bema’nilikdir”, — deb izoh berdi bunga UEFA vakili.
Izoh (0)