Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga rasmiy maktub yo‘llab, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar qayta tiklanishiga umid bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Bu o‘tgan yildan beri birinchi rasmiy xatdir”, — ma’lum qildi Erdo‘g‘onning matbuot xizmati. Shu bilan birga, Turkiya rahbarining devonxonasi hali maktub mundarijasini oshkor etishga ruxsat olmagani aytildi.
Bundan tashqari, NTV telekanalining bildirishicha, Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim Rossiya kuni munosabati bilan hamkasbi Dmitriy Medvedevga maktub yo‘llab, munosabatlar yaxshilanishi tilagini izhor etgan.
2015-yilning 24-noyabrida Turkiyaning F-16 qiruvchisi Rossiyaning Su-24M bombardimonchi samolyotini urib tushirganidan buyon ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan edi. Bu Erdo‘g‘onning o‘shandan buyon Putinga yo‘llagan dastlabki rasmiy maktubi ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)