Shanxay Hamkorlik Tashkilotida (ShHT) muloqot bo‘yicha hamkor maqomini olish maqsadida yana besh mamlakat talabnoma kiritdi. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Rashid Alimov jurnalistlar bilan uchrashuvda bayonot berdi.
“Biz muloqot bo‘yicha hamkor maqomini olish maqsadida kiritilgan yana besh talabnomaga egamiz. Talabnomalardan biri Sharqiy Yevropadan, uchtasi Yaqin Sharqdan va yana biri Janubi-Sharqiy Osiyodan ekanligini ayta olaman”, — uning so‘zlarini keltiradi “TASS”.
U talabnomalar ko‘rib chiqilmaguniga qadar mamlakatlarning nomini oshkor eta olmasligini qo‘shimcha tarzda aytib o‘tdi.
Izoh (0)