IShID a’zolari soni kamayib bormoqda va guruh nazorati ostidagi hududlarni yo‘qotmoqda. Bu haqda AQSh prezidentining xalqaro aksilterror koalitsiyasidagi maxsus vakili Bret Makgurk ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Bret Makgurk. Foto: AP

Bret Makgurk.
Foto: AP

“Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, IShID a’zolari soni hozirda 19 mingdan 25 ming kishigacha boradi. Bir yil avval ularning Iroq va Suriyadagi soni 35 ming kishidan oshardi. Mazkur muddat mobaynida jangarilar Iroqda 50, Suriyada esa 20% nazorati ostidagi hududni yo‘qotdi”, — deya ta’kidlagan Makgurk.

Maxsus vakil IShID a’zolari jangovor ruhi so‘nib borayotgani, ular Rakka, Mosul va boshqa qator yirik aholi punktlarini boy berishlari mumkinligi haqida gapirishni boshlaganini bildirdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.