Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yoqutistonda tergovchilar tibbiy markaz bemorining lidokain inyeksiyasidan so‘ng yuz bergan o‘limi holati bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: Fotolia

Foto: Fotolia

Mahalliy OAVlar yozishicha, marhuma Yoqutistonda taniqli jurnalist ayol bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 9-iyun kuni ayol tibbiy markazga yordam so‘rab murojaat qilgan. Operatsiya oldidan unga lidokain inyeksiyasi kiritilgan. Ayol hushini yo‘qotgan va, qayta jonlantirish choralariga qaramay, vafot etgan.

Ayni paytda tergov tomonidan protsessual tekshiruv olib borilmoqda. Ayolning o‘limi sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza komissiyasi tuzildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropa gaz iste’molini kamaytirmoqda
Mahalliy
Toshkentda yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi