Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi AQShning kabel tarmoqlari uchun yangi avlod texnologik yechimlari bilan shug‘ullanuvchi Gainspeed kompaniyasini sotib olmoqchi. Xarid rejasini Nokia matbuot xizmati e’lon qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Kelishuv 2016-yilning 3-choragida yopilishi rejalashtirilmoqda.
Gainspeed’ga 2012-yilda asos solingan. U Kaliforniya shtatida joylashgan. Kompaniyada 70 xodim faoliyat yuritadi.
Izoh (0)